Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB   Matni eshitish uchun tugmani bosing! Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB by Darling1
А A
20:33:00 17.01.2016 Yakshanba

11:19 | 10.12.2015

Kichik biznesga yaqin ko‘makdosh

images

Mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilayotgan yutuqlarda moliya muassasalarining salmoqli hissasi bor. “Moody’s” xalqaro reyting agentligi joriy yilda ham O‘zbekiston bank tizimi rivojlanishini “Barqaror” darajada baholagani buning yaqqol dalilidir.

      Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizning tayanchi. Zero, bugun iste’mol bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi xususiy sektorda ishlab chiqarilayotir. Soha istiqbolini sarmoyalarsiz tasavvur etish qiyin. Yurtimizdagi moliya muassasalari bu borada ishbilarmonlarning ishonchli hamkori va yaqin ko‘makchisiga aylanmoqda.

“Ipoteka-bank”da ham ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar soni ortmoqda. Raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar mahalliy ishbilarmonlar va xorijiy hamkorlar e’tiborini tortmoqda.

Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning o‘tgan davrida bank kapitali 342 milliard so‘mdan, iqtisodiyotining turli sohalariga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari 3 trillion so‘mdan oshdi.

Prezidentimizning 2009-yil 28-iyuldagi “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘layotir. Shu maqsadda qariyb 2 trillion so‘m miqdorida sarmoyalar ajratildi.

Bank resurs bazasining kengayishi mijozlarni kreditlashni faollashtirish imkonini berayotir. Xususan, joriy yilda tadbirkorlik subyektlariga 722,2 milliard so‘m, xotin-qizlarni biznesga jalb etish uchun 82,7 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi. Bu mablag‘lar evaziga ishlab chiqarish, servis hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish, viloyat, shahar va qishloqlar iqtisodiyoti hamda infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.

– Bankda mijozlarga sifatli va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Buxoro viloyatidagi “Kamalak shabnam teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilshod Bobojonov. – O‘tgan yili bankdan 400 million so‘m sarmoya olib, gazlama ishlab chiqarish uskunalari va xomashyo xarid qildik. Hozir raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarmoqdamiz. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Aholining real daromadlari o‘sishi bilan ularning zamonaviy xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Barcha hududlarda bunyodkorlik ishlari hajmi yil sayin ortishi, tadbirkorlik subyektlari zimmasiga ana shu yo‘nalishlarda yangi-yangi biznes loyihalarni ishlab chiqish talabini qo‘ymoqda. Bu borada ajratilayotgan boshlang‘ich sarmoyalar tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan davrda bu maqsadlar uchun “Ipoteka-bank”dan qariyb 110,5 milliard so‘mlik mikrokreditlar yo‘naltirildi. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandlikni rivojlantirish uchun 7,1 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar ajratildi.

– Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish maqsadida “Ipoteka-bank”ning Tinchlik filialidan 18 oy muddatga 12 million so‘m kredit oldim, – deydi xorazmlik tadbirkor M.Matkarimov. – Ushbu mablag‘ga qandolat tayyorlashda kerak bo‘ladigan yarim tayyor mahsulotlar xarid qildik. Ayni paytda bir necha turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlab, savdo rastalariga yetkazib beryapmiz.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularni tadbirkorlikka jalb qilishda ham “Ipoteka-bank” faol ishtirok etayotir. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida ana shunday yigit-qizlarga qariyb 16,7 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mamlakatimizda puxta o‘ylangan iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi tufayli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi yil sayin ortmoqda. Joriy yilda mazkur moliya muassasasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan biznes loyihalar uchun qariyb 105,4 milliard so‘mlik kredit ajratildi.

Bularning bari tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga doir loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

Manbaa: http://uza.uz/uz

Ishonch telefoni

doverie

F:0(366) 233-07-97 T:0(366) 233-30-76 [email protected]



Foydali havolalar

  • lenta_img

    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali

  • lenta_img

    Oliy majlis qonunchilik palatasi

  • logo-5

    "Uzpaxtasanoat" uyushmasi

  • logo-5

    "Juma" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Zirabuloq" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Kattaqo'rg'on" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Chelak" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Yangiqo'rgon" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Mitan" paxta tozalash korxonasi

  • logo-5

    "Ziyovuddin" paxta tozalash korxonasi

January 2016
M T W T F S S
« Dec    
  1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
Все о погоде - Pogoda.uz
Home

Samarqandpaxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 50-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi

replica rolex fake rolex

Matni eshitish uchun tugmani bosing! Sampaxta.uz