Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" MCHJ   Matni eshitish uchun tugmani bosing! Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" MCHJ by Darling1
А A
22:09:40 26.03.2016 Shanba

21:25 | 16 March 2015

E’lonlar

«Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlarningnavbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

BAYONNOMASI

 2015 yil 29 soat 12-00 da                                                                                                                  Samarkand  shahri

Umumiy chiqarilgan aksiyalar soni –        1961646 dona

Ovoz beruvchi aksiyalar soni –                 1961646 dona

Ro‘yxatga olingan aksiyalar soni –         1336428 dona

Kvorum -68,13 foiz

 

«Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi raisi I.Tuxtayev tomonidan yig‘ilishda raislik qilish taklif kiritildi va yig‘ilish qatnashchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Yig‘ilish o‘tkazish uchun kvorum 68,13 foizni tashkil etganligi sababli yig‘ilish ochiq deb e’lon qildi va yig‘ilish rayosatiga 5 kishi: I.Tuxtayev, X.Zokirov,L.Maxmudov,N.Omonov,J..Muxiddinov, nommzodlarini taklif etilganligini inobatga olib, ovozga qo‘yildi.

Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan nomzodlar bir ovozdan qabul qilindi.

Yig‘ilish kotibi etib. G.Muradullayev nomzodi taklif etildi va yig‘ilish qatnashchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Shunindek, yig‘ilish raisi yig‘ilishga sanoq komissiyasini tasdiqlab olish lozimligini aytib, sanoq komissiyasiga jamiyatning hodimlarini, ya’ni B.Raxmonov, G.Rizayeva va N.Tosheva  tomonidan olib borilishini ovozga qo‘yildi va sanoq komissiyasi yig‘ilish qatnashchilari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.  

Yig‘ilish raisi  I.Tuxtayev o‘z so‘zini davom ettirib, umumiy yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganligini aytib o‘tdi:

1) «Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olinishi haqida qaror qabul qilish to‘g‘risida.

2) «Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olinishi haqidagi shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida.

3)  «Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Yig‘ilish raisi I. Tuxtayev quyidagi reglamentni taklif qildi:

Ma’ruzachilarga: har bir masala buyicha 10 daqiqa, muhokamaga chiquvchilar uchun 5 daqiqagacha belgilanishi ma’lum qildi.

Taklif ovozga qo‘yildi: «yoqlab» 1336428, «qarshi» – 0 , «betaraf» – 0. Bir ovozdan qabul qilindi. 

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan, yig‘ilish raisi  I.Tuxtayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 27 oktyabrdagi PF-4761-sonli «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 oktyabrdagi PQ-2422-sonli «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2015 yil3 noyabrdagi PQ-2427-sonli «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarni o‘qib eshittirdi.

      O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 94-moddasiga muvofiq jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish va qo‘shib olish shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidanamalga oshirilishi haqida ma’lum qilindi.

    Yig‘ilish davomida aksiyadorlarni o‘zlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi hamda qaytarib sotib olish narxi va qaytarib sotib olish tartibi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish  to‘g‘risida»gi Qonuni hamda«Paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tashkil etish yuzasidan ishlarni  tashkillashtirish Hukumat komissiyasi yig‘ilishining2015 yil 13 noyabrdagi 01-03/1-743-sonli bayonigamuvofiqamalga oshirish to‘g‘risida ma’lum qilindi.

      Amaldagi qonunchilik talablariga asosan «Samarqandpahtasaat»HB AJni «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olish to‘g‘risidagi  qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan aksiyadorlarga ushbu yig‘ilish kunidan e’tiboran yetti kundan kechiktirmay jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narxi va qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay ularning qaytarib sotib olinishi to‘g‘risidagi yozma talablari jamiyatga taqdim etilishi to‘g‘risidagi bildirishnomalar yuborilishi lozim.

   Yig‘ilish kun tartibidagi «Samarqandpaxtasanoat»HB AJni «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olish to‘g‘risidagi masalaga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganaksiyadorlarga tegishli «Samarqandpaxtasanoat»hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining bir donasini  kamida 1146 so‘m bozor qiymatida belgilangan tartibda qaytarib sotib olinishi taklif etildi.

Shundan so‘ng, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi birinchi masalalani muhokama qilishga o‘tildi.

Muhokamadan so‘ng kun tartibidagi «» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olishni tasdiqlashbo‘yicha qarorni qabul qilish uchun aksiyadorlarga byulletenlar orqali ovoz berish taklif etildi.

Kun tartibining ikkinchi masala yuzasidan, «Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni talablaridan kelib chiqib qo‘shib olish shartnomasiishlab chiqilgan.

   Mazkur shartnomada «Samarqandpaxtasanoat» hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olish tartibi va shartlari, shuningdek« Samarqandpaxtasanoat»hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini «O‘zpaxtasanoat» AJ aksiyalariga ayirboshlash hamda qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi belgilab qo‘yilgan. 

  Bugungi kunda «O‘zpaxtasanoat» AJ aksiyalarning nominal qiymati 1000 so‘mda belgilanligimunosabati bilan « Samarqandpaxtasanoat » hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari «O‘zpaxtasanoat» AJ aksiyalarining nominal qiymati 1 so‘mgacha maydalangandan keyin ayirboshlanishi to‘g‘risida ma’lum qilindi.

   Amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib « Samarqandpaxtasanoat »hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining «O‘zpaxtasanoat» AJga  qo‘shib olish shartnomasini tasdiqlash lozimligi ma’lum qilindi.

Muhokamadan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yichaaksiyadorlarga byulletenlar orqali ovoz berish taklif etildi.

Kun tartibining uchinchi masala yuzasidan, «Paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tashkil etish yuzasidan ishlarni  tashkillashtirish Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 13 noyabrdagi 01-03/1-743-sonli bayoniga muvofiq « Samarqandpaxtasanoat » hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasi tarkibini tasdiqlash talab etilayotganligi sababli komissiya tarkibiga mazkur bayonnomaning 2-ilovada ko‘rsatilgan nomzodlarni kiritish taklif etildi.

Muhokamadan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha aksiyadorlarga byulletenlar orqali ovoz berish taklif etildi.

Sanoq komissiyasi tomonidan yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalari e’lon qilindi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib «Samarqandpaxtasanoat»  hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

 QAROR QILADI:

  1. « Samarqandpaxtasanoat » hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etilsin.

« Samarqandpaxtasanoat » NV AJ ning «O‘zpaxtasanoat» AJga  qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etish tartibi quyidagicha belgilansin: 

« Samarqandpaxtasanoat » NV AJ bilan «O‘zpaxtasanoat» AJ o‘rtasida qo‘shib olinishi haqidagi shartnoma tuziladi;

« Samarqandpaxtasanoat » NV AJning barcha huquq va majburiyatlarni topshirish dalolatnomasiga asosan «O‘zpaxtasanoat» AJga o‘tkaziladi;

Qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etish qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganaksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalar qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi;

Aksiyadorlardan «Samarqandpaxtasanoat » NV AJ aksiyalarining bir donasi  1146  so‘m bozor qiymatida belgilangan tartibda qaytarib sotib olinadi;

Aksiyadorlar tomonidan aksiyalarni  qaytarib sotib olinishi to‘g‘risidagi yozma talablarini « Samarqandpaxtasanoat » NV AJga mazkur yig‘ilish qarori qabul qilingan kunidan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmagan muddatda taqdim etiladi.

Aksiyadorlarda aksiyalarni qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi hamda qaytarib sotib olish bo‘yicha belgilangan narhi va tartibi to‘g‘risidagi xabarnomani jamiyat tomonidan mazkur yig‘ilish qarori qabul qilingan kunidan e’tiboran yetti kundan kechiktirmay yuborish jamiyat Boshqaruviga topshirilsin.

  1. « Samarqandpaxtasanoat » hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining «O‘zpaxtasanoat» AJga qo‘shib olinishi haqidagi shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. « Samarqandpaxtasanoat » hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi (tugatish)komissiyasi tarkibi ilovasiga muvofiq

 

  

                       Yig‘ilish raisi                                                                I.Tuxtayev

                       Yig‘ilish kotibi                                                              G.Muradullayev                                    

                        2015 yil «29» noyabr

Ishonch telefoni

doverie

F:0(366) 233-07-97 T:0(366) 233-30-76 [email protected]



Foydali havolalar

  • lenta_img

    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali

  • lenta_img

    Oliy majlis qonunchilik palatasi

  • logo-5

    "Uzpaxtasanoat" uyushmasi

  • logo-5

    "Juma" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Zirabuloq" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Kattaqo'rg'on" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Chelak" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Yangiqo'rgon" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Mitan" paxta tozalash korxonasi

  • logo-5

    "Ziyovuddin" paxta tozalash korxonasi

March 2016
M T W T F S S
« Jan    
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31  
Все о погоде - Pogoda.uz
Home

Samarqandpaxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 50-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi

replica rolex fake rolex

Matni eshitish uchun tugmani bosing! Sampaxta.uz