17:08 | 20 August 2014
Bo’limlar
|
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari yuzasidan birlashmada tushuntirishlar olib borish.
- Birlashma boshqaruvi raisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashish, bayonlarning amaldagi qonunchilik talablariga asoslangan holda tuzilganligini tekshirib borish. Birlashmada hamda birlashma tizimidagi korxonalarda qonun buzilishlari to‘g‘risida ma’lum bo‘lganda birlashma raisiga axborot berish.
- Hisobxona bilan birgalikda birlashmada tuzilgan umumiy shartnomalar yuzasidan muddati o‘tgan debitorlik qarzlari bor javobgarlarga nisbatan hujjatlarni to‘plab qonuniy chora ko‘rish.
- Birlashma bo‘limlari va birlashma tizimidagi korxonalarda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvar 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning va ijro intizomi tartiblari bajarilishini nazorat kilish.
- Birlashmada qabul qilinadigan barcha buyruqlar bilan to‘liq tanishish, qonuniyligiga baho berish, kelishilganlik haqida imzolash.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birlashma rahbariyatini doimo tanishtirib borish.
- Birlashma rahbari nomiga fuqarolardan kelgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqib, amaldagi qonunchilikka asosan takliflar kiritish hamda xat mualliflariga javoblar tayyorlash.
- Birlashma tizimidagi korxona va tashkilotlar huquqshunoslarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tomonidan o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarining bajarilishini, mehnat va ijro intizomi, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishini talab qilish.
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Xalilov Ulugbek Abdukayumovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» xududiy filial yuridik xizmati boshlig‘i |
Tug’ilgan yili | 1977 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Urgut tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1999 yil. Samarkand Davlat universiteti |
Mutaxassisligi | Xuquqshunos |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2002 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2012 yil |
|
- Birlashma raisining kadrlar shaxsiy takibiga oid buyruqlarini bevosita tayyorlash, xodimlarni ishga olishni, ishdan – ishga o‘tkazishni va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, tegishli ishchi-mutaxassislarni buyruqlar bilan tanishtirish.
- Birlashma rahbar-mutaxassislari, tizim korxonalari rahbar kadrlariga zaxiraga kiritish uchun iqtidorli yoshlar hisobidan takliflar tayyorlash, nomenklaturaga muvofiq, kadrlar zaxirasiga oid barcha hujjatlarni tayyorlash.
- Birlashma va tizim korxonalari rahbar, injener-texnik xodimlarini malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborishga oid hujjatlarni tayyorlash, grafiklarga asosan o‘qishga borishlarini tashkil va nazorat qilish. Birlashmanig o‘zida ish rejalariga muvofiq seminarlar, o‘qish kurslari tashkil qilish.
- Ishlovchilarning mehnat daftarchalarini to‘ldirish, hisobga olish va saqlash, mehnat stajlarini hisoblab borish, hozirgi va o‘tgan davrdagi mehnat faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish, pensiya belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.
- Birlashmada ishlovchi kadrlar shaxsiy tarkibiga oid barcha hujjatlarni belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtirish, hisobini olib borish. Xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildini tashkil qilish, ularga mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritib borish.
- Birlashma va tizim korxonalari rahbar, injener-texnik xodimlarini belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash, attestatsiya natijalarini rasmiylashtirish, belgilangan tadbirlar ijrosini nazoratga olish.
- Belgilangan tartibda yuqori organlar, birlashma boshqaruvi yoki mehnat jamoalari qarorlari asosida birlashma va tizim korxonalari mehnat ilg‘orlarini mukofotlash yoki taqdirlash uchun zarur materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirish.
- Xodimlarga mehnat ta’tillari berishning hisobini olib borish, navbatdagi yillarga ta’tillar grafigini tuzish va tasdiqlash uchun taqdim qilish, mazkur grafiklarga amal qilinishini nazorat qilish.
- Birlashma va tizim korxonalarida mehnat va ijro intizomi ahvolini tekshirish reydlarida ishtirok etish, kadrlarning ishdan ishga surilishi va qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganib borish, mehnat intizomi, ichki mehnat tartib-qoidalarini buzish holatlarini qayd qilib borish.
- Kadrlar bo‘limi ishiga oid hisobotlarni tuzish va tegishli organlarga belgilangan muddatlarda taqdim etish. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi arxivini olib borish, hujjatlarni birlashma arxiviga yoki davlat saqloviga topshirish uchun tayyorlash.
- Birlashma raisining topshirig‘iga binoan viloyatda, shahar va tumanlarda o‘tkaziladigan tashkiliy tadbirlar va shtablarda, kadrlar masalalariga oid yig‘ilishlarda ishtirok etish va berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil qilishda qatnashish.
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Abduraimova Dilya Sabirjonovna |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB kadrlar bo‘limi boshlig‘i |
Tug’ilgan yili | 1976 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarkand viloyati, Pastdarg’om tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1998 yil. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti |
Mutaxassisligi | Buxgalteriya hisobi va moliya bo‘yicha iqtisodchi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 1999 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2002 yil |
|
- Urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan qabul qilib olingan urug‘lik paxtalarni tizimdagi paxta tozalash korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari va belgilangan reglamentlar talablari asosida saqlanishi, qayta ishlanishi va urug‘lik chigit ishlab chiqarilishi hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetkazilishini tashkil va nazorat qilish.
- Paxta tozalash korxonalarida tayyorlangan urug‘lik paxtani qayta ishlashni boshlashdan oldin zavodlarning tozalanishi, barcha texnika vositalarining oraliq masofalari, ishlash prinsiplarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida bo‘lishini tashkil qilish.
- Har yili paxta tayyorlash mavsumidan oldin paxta tozalash korxonalarida urug‘lik paxtani saqlash, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, mashina operatorlarining bilim malakalari va hushyorliklarini oshirish uchun o‘quv darslari tashkil qilish, ularni qayta o‘qitib, yo‘riqnomadan o‘tkazish.
- Har yili paxta tayyorlash mavsumidan oldin zavodlarda tayyor urug‘lik chigitlarni saqlash omborlarini mavsumga tayyorlash, ularning qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi dorilanishini tashkil va nazorat qilish.
- Paxta tozalash korxonalaridagi urug‘lik chigit tayyorlash, tuksizlantirish va dorilash sexlarini kapital ta’mirlab, ulardagi mashina va uskunalarning bir maromda beto‘xtov ishlashga shay qilib qo‘yilishini tashkil qilish.
- Urug‘lik chigitni dorilash mavsumida ularni dorilash uchun yetarli mikdorda kimyoviy preparatlar va dorilangan urug‘lik chigitlarni joylashtirish uchun qog‘oz qoplar va qoplarga yopishtiriladigan yorliqlar bilan ta’minlanishini tashkil etish.
- Dorilash sexlarida ishlovchi ishchilarning yechinish-kiyinish va yuvinish xonalari bilan, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanishini, ularning ovqatlanishlari, sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlanishini tashkil va nazorat qilish.
- Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarori hamda qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasining tegishli buyruqlari asosida urug‘lik chigitlarni xo‘jaliklarga yetkazib berilishini tashkil va nazorat qilish, buning uchun hududlarda urug‘lik chigit tarqatish shaxobchalari tashkil qilish.
- Xo‘jaliklarga tarqatilayotgan urug‘lik chigitlarning navlari va avlodlari bo‘yicha, chigit ekilishining borishi to‘g‘risida kunlik tezkor ma’lumotlarni to‘plab yuqori tashkilotlarga yetkazish.
- Urug‘lik chigit tozalash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va xo‘jaliklarni ta’minlash bilan bog‘liq hisobotlarni paxta tozalash korxonalaridan yig‘ib, umumlashtirib, viloyat «Paxta urug‘chiligi» boshqarmasi va «Urug‘nazoratmarkaz» bilan birgalikda tayyorlab, «O‘zpaxtasanoat» uyushmasiga va boshqa yuqori tashkilotlarga yetkazish.
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Ishanov Abror Xamidovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» xududiy filial MCHJ Paxta xom-ashyosini tayyorlash va hisobini yuritish hamda urug’lik chigit tayyorlash bo’limi boshlig’i |
Tug’ilgan yili | 1978 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 2009 yil. Samarqand qishloq xujalik instituti |
Mutaxassisligi | Agromuhandis |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2004 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2009 yil |
|
|
- Bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «O‘zpaxtasanoat» uyushmasining «Paxtani terish va tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma»si, paxtani qayta ishlash texnologiyasi reglamenti, uyushma va birlashma buyruqlari, mahsulot sifatiga daxldor rejalar va chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash.
- Paxta tozalash korxonalarining texnik nazorat bo‘limlari va laboratoriyalariga ish faoliyatini tashkil qilishga nazariy va amaliy yordam ko‘rsatish.
- Paxta tozalash korxonalari va ularga qarashli paxta tayyorlov maskanlarida paxta xom-ashyosini qabul qilishda sifat ko‘rsatkichlarini baholash, paxtaning davlat standartlari va «Paxtani terish va tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma» talablariga muvofiqligini, xom –ashyoni qabul qilib olish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
- Paxtani qabul qilish mavsumida qabul qilib olingan paxta xom – ashyosining sifati bo‘yicha e’tirozlar tug‘ilib, korxona darajasida ko‘rib chiqish natija bermagan hollarda, ularni birlashma sifat komissiyasi bilan birgalikda ko‘rib chiqish, paxta topshiruvchi xo‘jaliklarga o‘z vaqtida e’tiroznoma bildirish, kamchiliklarning tuzatilishini nazorat qilish.
- Paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarida paxta xom – ashyosining sifatli saqlanishini doimiy tahlil qilib turish, mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha yuqori tashkilotlarning qarorlari, me’yoriy hujjatlari hamda ko‘rsatmalarini birlashma tizimidagi korxonalarga yetkazish va bajarilishini ta’minlashlarida amaliy yordam ko‘rsatish, ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
- Paxta xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash, paxta mahsulotlari ishlab chiqarishda mahsulotlar sifatini belgilashda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat standartlarining va boshqa me’yoriy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini (sifat komissiyasi bilan birgalikda) doimiy ravishda tekshirib turish.
- Paxta tozalash korxonalarida va paxta tayyorlash maskanlarida mavjud tarozilar, barcha laboratoriya asbob–uskunalarining texnik holatini nazorat qilib turish, belgilangan muddatlarda davlat standartlashtirish ko‘rigidan o‘tkazish jadvallarini tuzish, ko‘rikdan o‘tkazilishida paxta tozalash korxonalariga amaliy yordam berish.
- Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi va chigitini iste’molchilarga yuklashda “Sifat” markazi viloyat bo‘limi bilan birgalikda mahsulotni qabul qilib olish va sinab ko‘rish qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish, bajarilishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berish.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati to‘g‘risidagi hisobotlar asosida monitoring yuritish, hisobotlarni umumlashtirish, belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim qilish va haqqoniyligini ta’minlash
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Buranmirzayev Sulaymon Xazratovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB sifat, paxta mahsulotni standartlashtirish va sertifikatlash bo‘limi boshlig‘i |
Tug’ilgan yili | 1978 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Nurota tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 2000 yil. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti |
Mutaxassisligi | To’qimachilik materialar tehnologiyasi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2000 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2013 yil |
|
- Bo‘limda ishlovchi xodimlarning faoliyatini boshqarish, ular orasida vazifalarni taqsimlash, bajarilishini nazorat qilish, tizim korxonalarining ishlab chiqarishga taalluqli bo‘limlari, bosh injenerlari, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh nurchi, mehnat muhofazasi muhandislari ishini muvofiqlashtirish;
- Bo‘lim ish faoliyatini rejalashtirish, birlashma raisi buyruqlari, bo‘limga beriladigan topshiriqlarning, keladigan hujjatlar (xat va boshqa korrespondensiyalar) ning belgilangan muddatlarda ijrosini tashkil qilish;
- Tizim korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati monitoringini olib borish. Korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatining texnologik reglamentga qat’iy rioya qilinishini, mahsulotlarning sifati standart talablariga javob berishini, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini nazorat qilish;
- Tizim korxonalarining ishlab chiqarish, kapital va joriy ta’mirlanishi jarayonida ehtiyot va butlovchi qismlar, yangi uskuna va mexanizmlar, sim va o‘rov materallari, shuningdek boshqa moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlanishi masalalari bilan shug‘ullanish, ularning tejamkorona sarflanishini nazorat qilish;
- Bo‘lim va korxonalar injener-texnik xodimlari bilan korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan texnik va texnologik muammolarni hal qilishni tashkil qilish;
- Bo‘lim faoliyatiga taalluqli hisobotlarning belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, statistika organlari va boshqa tegishli tashkilotlarga tayyorlanishi va yetkazilishini ta’minlash;
- Birlashmada tashkil etilgan tegishli komissiyalar ishida faol qatnashish, komissiyalar yig‘ilishiga ma’lumotlar kiritish.
Familiya, ismi sharifi | Nazarov Zokir Hamidovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB paxtani qayta ishlash zamonaviy tehnologiyalarni joriy etish va inavatsiya loyihalarini amalga oshirish bulimi boshlig’i |
Tug’ilgan yili | 1960 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1983 yil Toshkent tuqimachilik va yingil sanoat instituti |
Mutaxassisligi | Muhandis-mexanik-texnolog |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 1985 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2013 yil |
|
- Bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi va birlashma buyruqlari, bo‘limga yuklatilgan vazifalar, iste’molchilar bilan imzolangan shartnomalarning va ish rejalarining bajarilishini ta’minlash.
- Paxta tozalash korxonalarining tegishli bo‘limlari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlari: tola, texnik chigit, momiq, ulyuk mahsulotlarini saqlash, imzolangan shartnomalarga muvofiq tashqi savdo kompaniyalari terminallariga, yog‘-moy korxonalari va boshqa iste’molchilarga yuklash, belgilangan tartibda transport vositalari bilan tashilishini tashkil qilish, hisobotini olib borish.
- Bo‘lim faoliyatiga tegishli hisobotlarni tuzish uchun birlashma tizimidagi paxta tozalash korxonalaridan tezkor ma’lumotlar va iste’molchilar orasida paxta mahsulotlari harakati to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni tayyorlash va haqqoniyligini ta’minlash.
- Birlashma bo‘yicha paxta mahsulotlari balansini tayyorlash, xatlov dalolatnomalarini paxta xom-ashyosini qayta ishlash natijalari bilan tekshirish, ularni tasdiqlash uchun birlashma rahbariyatiga taqdim etish, xom-ashyodan foydalanish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini keyinchalik tarmoq bo‘yicha yig‘ma balansga kiritish uchun uyushmaga taqdim qilish.
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Xolbazarov Djavoxir Pardaboyevich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB Mahsulot yetkazib berishni tashkil etish va transport bo‘limi boshlig‘i |
Tug’ilgan yili | 1982 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 2004 y. Moskva iqtisodiyot, statistika va informatika universiteti |
Mutaxassisligi | Moliya va kredit |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2014 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2014 yil |
|
- Bo‘lim ish faoliyatini rejalashtirish va bo‘lim mutaxassis-xodimlarining ish faoliyatini boshqarish, ular orasida vazifalarni taqsimlash, bajarilishini nazorat qilish, birlashma va tizim korxonalarining bo‘limga taalluqli faoliyati hisob-kitoblari asosida tahliliy materiallar tayyorlash, kamchiliklarning bartaraf etilishini, tashkil va nazorat qilish;
- Bo‘limda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi va birlashma raisi buyruqlari, boshqa qonuniy va me’yoriy hujjatlarning bajarilishini, keladigan hujjatlar (xat va boshqa korrespondensiyalar), beriladigan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda ijro etilishini tashkil qilish va ta’minlash;
- Tizim korxonalaridan olingan tegishli hisob-kitob ma’lumotlarini yig‘ib olish, umumlashtirish;
- Tizim korxonalarining xizmat ko‘rsatuvchi banklar, bajaruvchi tashkilotlar, iste’molchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblari jarayonida yuzaga keluvchi muammolarini o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqish va yechilishini tashkil qilish;
- Birlashmaning «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi, davlat statistika va soliq organlariga, boshqa tegishli tashkilotlarga buxgalteriya hisob-kitob operatsiyalari, ularning amalga oshirilishiga taaluqli hisobotlarning belgilangan muddatlarda tayyorlanishi va yetkazilishini ta’minlash;
- Bo‘lim mutaxassis-xodimlari tomonidan yuklatilgan vazifalar, xizmat burchlarining bajarilishini nazorat qilish, bulim faoliyati natijasi bo‘yicha javobgarlikni ta’minlash;
- O‘z tasarrufidagi buxgalterlik hisob-kitobi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish, hisob-kitoblarning to‘g‘ri va aniq olib borilishini nazorat qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis-xodimlar, mas’ul javobgar shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish;
- Birlashmaning debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi hisobotlarni har oyning 10-sanasiga tayyorlanishini ta’minlash, hisob rakamiga tushayotgan, ko‘chirilayotgan pul mablag‘larini va ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirish, buxgalterlik hisob-kitobida o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirib borilishini ta’minlash;
- Belgilangan muddatlarda birlashma tarkibidagi korxonalar o‘rtasida solishtiruv dalolatnomasi tuzilishini tashkil etish, bu ma’lumotlarni taqdim etilayotgan hisobotlar bilan mutanosibligini tekshirib borish;
- O‘ziga biriktirilgan hisob-kitob ishlarida buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, hujjatlarning but saqlanishini ta’minlash.
Familiya, ismi sharifi | Gapparov Jamoliddin Nurmuhammedovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB bosh hisobchi |
Tug’ilgan yili | 1982 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarkand viloyati, Ishtixon tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1) 2003 yil. Samarkand Davlat Universiteti 2) 2008 yil. Samarkand Davlat Universiteti |
Mutaxassisligi | 1)Kasbiy ta’lim 2) Iktisodchi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2003 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2013 yil |
|
|
- Birlashma va birlashma tizimidagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobotini olish, umumlashtirish, ishlab chiqarish va moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, uni yuritishda yuqori samaradorlikka erishish, sarf-harajatlarni kamaytirish, barcha faoliyat turlari buyicha istiqbolli, yillik, choraklik va oylik rejalarni ishlab chiqish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar (tola, chigit, momiq) moddiy va mehnat sarflarining texnikaviy, iktisodiy me’yorlarini belgilash, vaqtinchalik va doimiy narxlar kalkulyatsiyasi loyixalarini ishlab chiqish, mehnat va ish haqi masalalari bilan shug‘ullanish;
- Birlashma va uning tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarida xususiylashtirish va aksiyalashtirish faoliyatini olib borish masalalari, aksiyalar chiqarilishi, joylashtirilishi, depozitariylarda hisobga qo‘yilishi, qimmatli qog‘ozlar faoliyati bilan bog‘liq barcha qonuniy va me’yoriy hujjatlarning bajarilishini tashkil qilish, ushbu masalalar bo‘yicha davlat ishonchli vakili va kuzatuv kengashlariga amaliy yordam berish, faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Ishlab chiqarish samaradorligini, rentabelligini oshirish, mahsulotlar tannarxini pasaytirish, foydani oshirish, mahsulotlarni sotish va foyda olish masalalari bo‘yicha tahlillar qilish, reja-tadbirlar belgilash va bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
- Birlashma va birlashma tizimidagi korxonalarda mehnatni tashkil etish va uni normalashni takomillashtirish, ish haqi to‘lanishi bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha korxonalarda olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- Amaldagi mehnat sarf-harajatlarining me’yorlarini tahlil qilish. Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy sharoitlari o‘zgapgan hollarda mehnat sarflari normalarini mutanosib ravishda uzgartirib borish;
- Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy jihatdan asoslangan tannarxlari tuzilishini ta’minlash, tizim korxonalarida rejalash-tirish, iqtisodiy tahlillar qilinishida uslubiy rahbarlik qilish;
- Birlashma va tizim korxonalari injener-texnik, ishchi-xizmatchilarning vazifalarini belgilab berishda ishtirok etish, ularning mehnat faoliyati natijalarini doimiy tahlil va nazorat qilib turish.
- Birlashma tizimidagi paxta tozalash korxonalaridan kunlik ishlab chiqarish ko‘rsatgichlari bo‘yicha hisobot olib borish va axborot tayyorlash, oylik, chorak, yillik va mavsumiy ishlab chikarish jadvallarini (grafigini) tuzish va bajarilishini tahlil qilish;
- Uyushmaga, davlat statistika organlariga kunlik, oylik, yillik hisobotlarning belgilangan muddatlarda yetkazilishini tashkil etish, ularning haqqoniyligini ta’minlash; tola, chigit, momiq, ulyuk, momiq qoldig‘i mahsulotlarining chiqish me’yorlarini oyma-oy iqtisodiy tahlil qilib borish;
- Paxta tozalash zavodlarining, tayyorlov maskanlarining tovarshunoslari bo‘yicha 100 foizlik mahsulotlar ishlab chiqarish hisob-kitobini yuritish va uni tahlil qilish, tolaga, chigitga, momiqga moddiy va mehnat sarf-harajatlarining texnik- iktisodiy me’yorlarini, bir martalik, vaqtinchalik va doimiy narxlar loyihasini ishlab chiqish.
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Jabborov Tolmas Ismatovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB iqtisodiy tahlil, aksiyalashtirish va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi boshlig‘i |
Tug’ilgan yili | 1981 yil |
Tug’ilgan joyi | Buxoro viloyati, Romitan tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 2006 yil. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyalari instituti |
Mutaxassisligi | informatika va axborot texnologi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2001 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2013 yil |
|
- Brilashmada axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini amalga oshirish;
- axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta’minlash, ma’lumotlar bazalarini yaratishni ta’minlovchi infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish;
- Birlashmaning barcha bo‘linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- Birlashma rasmiy veb-sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;
- Idoraviy axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;
- O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish;
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Kuchkarov Oybek Kamilovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish buyicha bosh mutaxassis |
Tug’ilgan yili | 1987 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Ishtixon tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 2011 y. Samarkand iktisodiyot va servis instituti |
Mutaxassisligi | Servis texnika texnologiyasi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2011 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2013 yil |
|
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Ayupov Mirhamza Xodiyevich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB ijro intizomi buyicha bosh mutaxassis |
Tug’ilgan yili | 1953 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Samarqand tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1974 yil. Samarqand Kooperativ instituti |
Mutaxassisligi | Iqtisodchi |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 2006 yil |
Egallab turgan lavozimida | 2012 yil |
|
Qisqa rezyume
Familiya, ismi sharifi | Uzakov Akbar Nurmuhamedovich |
Ish joyi va lavozimi | «Samarqandpaxtasanoat» HAB 1-2 bo’lim boshlig’i |
Tug’ilgan yili | 1955 yil |
Tug’ilgan joyi | Samarqand viloyati, Ishtixon tumani |
Millati | O’zbek |
Ma’lumoti | Oliy, 1977 yil. Samarqand qishloq xujaligi oliygohi |
Mutaxassisligi | Olim-agranom |
Paxta sanoat tizimidagi staji | 1983 yil |
Egallab turgan lavozimida | 1995 yil |