Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB   Matni eshitish uchun tugmani bosing! Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB by Darling1
А A
01:31:05 18.01.2016 Dushanba

16:10 | 15.12.2015

Kattaqo’rg’on qishloq xo‘jaligi shtabi

545A4777

Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatuvchi va hisob-kitob ishlarini muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etish

Shtabning asosiy vazifalari:

*Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish orqali shartnomaviy  majburiyatlarni bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatish.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida хisob-kitoblarning yuritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish.

*Fermer xo‘jaliklari rahbarlarining huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda ko‘p tarmoqli  rivojlangan fermerlarni shakllantirish.

Tuman shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

1

Tuman shtabi tarkibi

2

Tuman shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

3

Tuman shtabining vazifalari

*Yerning strukturasi, ball banitetini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish rejasini  ishlab chiqadi va taklif tayyorlaydi.

*Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi korxonalar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil qiladi.

*O‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar doirasida fermer xo‘jaliklari yer maydoni hajmidan kelib chiqib harajatlar smetasini ishlab chiqadi.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblar yuritishning yagona elektron dasturini joriy qilib, kunlik ma’lumotlarni kiritib boradi.

*Texnikasi bo‘lmagan fermerlar xo‘jaliklariga MMTP texnikalarini  biriktirish jadvalini ishlab chiqib, bajarilishini tashkil qiladi.

*Fermer xo‘jaliklarining agrotexnik tadbirlar (yer shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, ozuqlantirish, kultivatsiya qilish, sug‘orish, biologik ishlov berish va boshqa tadbirlar)ni o‘tkazish uchun talab etiladigan mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kunlik monitoring yuritadi.

*Mingboshilar va sug‘urta agentlarining javobgarligini oshirish hisobiga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishini qat’iy nazorat qilib boradi.

*Fermer xo‘jaliklari tomonidan daromad va harajatlar hisob-kitobi daftarini yuritilishini tashkil qiladi va har oy yakuni bilan taxlil qilib boradi.

*Monitoring guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni ma’sul xodimlarni biriktirib zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

*Avans mablag‘larining qoplanishini ta’minlash maqsadida ekin holatidan kelib chiqib, fermerlarga tijorat banklari orqali ajratiladigan avans mablag‘larini, monitoring guruhi (mingboshilar, sug‘urta agenti va boshqa tegishli mutaxassislar) xulosasiga asosan ajratilishini qat’iy nazoratga oladi.

*Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta mahsulotlarini tannarxini kamaytirish va fermer xo‘jaliklar daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlaydi. Qoloq fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqib va bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatadi.

*Fermerlarga huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahat berib boradi va o‘quv seminarlari tashkil qiladi.

*Fermer xo‘jaliklarining yil yakuni bilan moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq taxlil qilib har bir fermer bo‘yicha xulosa va takliflarni tayyorlab Viloyat shtabiga kiritadi.

Hisob kitob guruhining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

4

Hisob -kitob guruhi vazifalari

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi korxonalar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil qiladi.

*Ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan agrotexnik tadbirlar uchun texnologik kartaga asosan talab etiladigan mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qiladi.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblarni elektron tizim orqali yuritadi hamda debitor-kreditor qarzdorliklarning kunlik monitoringini olib boradi.

*Fermer xo‘jaliklari tomonidan daromad va harajatlar hisob-kitobi daftarini yuritilishini tashkil qiladi va har oy yakuni bilan taxlil qilib boradi.

*Avans mablag‘larining qoplanishini ta’minlash maqsadida ekin holatidan kelib chiqib, fermerlarga tijorat banklari orqali ajratiladigan avans mablag‘larini, monitoring guruhi (mingboshilar, sug‘urta agenti va boshqa tegishli mutaxassislar) xulosasiga asosan ajratilishini nazoratga oladi.

*Amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fermerlar kesimida monitoring hamda  xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga taqdim qiladi.

*Monitoring kuzatuv guruhining vazifalari

Monitoring kuzatuv guruhining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

5

Monitoring kuzatuv guruhining vazifalari

*Paxta va g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar  o‘tkazilishi bo‘yicha mingboshilar, bank, agrosug‘urta, tayyorlovchi korxonalar vakillari bilan birgalik kunlik monitoring yuritadi.

*Monitoring natijasi bo‘yicha mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, urug‘lik,  biomahsulot va texnika xizmati to‘g‘risida talabnomalarni xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga taqdim qiladi.

*Agrotexnik tadbirlar kechikgan, fermer xo‘jaliklarini alohida nazoratga olib, monitoring yuritadi.

*Fermer xo‘jaliklariga agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar beradi.

*O‘tkazilgan mablag‘lar va yetkazib berilgan mahsulotlarning maqsadli foylanishini  nazorat qiladi, aniqlangan ma’lumotlarni fermerlar kesimida hisob-kitob guruhi hamda xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga beradi.

Hizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhing faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

6

Xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhining vazifalari

*Mavsumda talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, biomahsulotlarni fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini ta’minlaydi;

*Texnika bo‘lmagan fermer xo‘jaliklariga tuman MTP texniklarini biriktirib, belgilangan muddatlarda xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi.

*Texnologik kartaga muvofiq mahsulotlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi;

*belgilangan hosilni yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni har bir fermer xo‘jaligi bo‘yicha taxlil qilib boradi;

*Agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, yetkazib berilgan mahsulotlardan noto‘g‘ri foydalangan  fermer xo‘jaliklarini aniqlab, Shtabga axborot beradi;

*Etkazib berilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fermerlar kesimida monitoring va hisob-kitob guruhiga   beradi.

Viloyat shtabi tarkibi

7

Viloyat shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

8

Viloyat shtabining vazifalari

*Tuman shtablarining ishini muvofiqlashtiradi.

*Tuman shtablarida belgilangan vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va ularga viloyat shtabiga tegishli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatadi.

*Tuman shtablarining ma’lumotlarini umumlashtirib, tahlil qilib boradi.

*Taxlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘radi.

*Tumanlar kesimida umumlashtirilgan monitoring natijalari hamda Respublika miqyosida hal etiladigan masalalari bo‘yicha Respublika shtabiga axborot berib boradi.

Respublika shtabi tarkibi

9

Respublika shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

10

Respublika shtabining vazifalari

*Viloyat va tuman shtablarining ishlarini muvofiqlashtiradi.

*Fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qiladi.

*Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, hisob kitoblarning yuritilish bo‘yicha monitoring olib boradi va berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tanlov asosida o‘rganib chiqadi.

*Viloyat va tuman shtablarini me’riy hujjatlar, qo‘llanmalar bilan ta’minlaydi va ularga huquqiy, iqtisodiy, agrotexnika masalalarida tegishli maslahat va tavsiyalar berib boradi.

*O‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklar va yechimini topmagan muommolarni Respublika tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘radi. 

*Viloyat shtablaridan olingan ma’lumotlar va takliflarni tahlil qilib, Respublika hukumatiga hisobot berib boradi.

Shtablarning o‘zaro bog‘lanish sxemasi

11

Shtablar faoliyatidan olinadigan iqtisodiy samara

*G‘o‘za navlarining to‘g‘ri joylashtirilishi va to‘liq ekilishi ta’minlanadi.

*Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi nazoratga olinadi.

*Fermerlarga imtiyozli narxlarda  yetkazib beriladigan  yoqilg‘i-moylash, mineral o‘g‘itlarning talon-taroj qilinmasdan to‘g‘ri ishlatilishi ta’minlanadi.

*Yagona elektron dastur joriy qilinishi hisobiga mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ta’minlanadi.

*Fermer xo‘jaliklarida hisob-kitob daftarlarining yuritilishi orqali, ularning daromad va harajatlari nazoratga olinadi va belgilangan smetadan ortiqcha, asossiz harajatlarning oldi olinadi.

*Fermerlarning iqtisodiy samaradorligi oshadi va daromad olish uchun ishlashga zamin yaratiladi.

*Fermer xo‘jaliklariga huquqiy, iqtisodiy, agrotexnika bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar beradigan markaz tashkil etiladi.

Shtab faoliyati va elektron dastur joriy etilishi hisobiga fermer xo‘jaliklaida iqtisodiy samaradorika erishish

12

Taklif etilayotgan moliyalashtirish tartibi

1-bosqich: Fermer xo‘jaliklarini avanslash.

14

2-bosqich: Fermer xo‘jaliklariga paxta qiymatiga to‘lovlarni amalga oshirish.

15

1. Jamg‘arma paxta xomashyosini harid qilish uchun kredit ajratadi.
2. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali olingan kredit mablag‘larini paxta tozalash korxonalariga o‘tkazib beradi.
3. Paxta tozalash korxonalari fermer xo‘jaliklari topshirgan paxta miqdoriga PK-17 qabul varaqalariga asosan kunlik  to‘liq hisob-kitob qiladi.
4. Fermer xo‘jaligi ATB “Agrobank”dan olingan avans mablag‘larini to‘liq qaytaradi. 
5. Mablag‘larning qolgan qismini  fermer xo‘jaligi tegishli majburiy to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydi.

Ishonch telefoni

doverie

F:0(366) 233-07-97 T:0(366) 233-30-76 [email protected]



Foydali havolalar

  • lenta_img

    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali

  • lenta_img

    Oliy majlis qonunchilik palatasi

  • logo-5

    "Uzpaxtasanoat" uyushmasi

  • logo-5

    "Juma" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Zirabuloq" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Kattaqo'rg'on" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Chelak" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Yangiqo'rgon" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Mitan" paxta tozalash korxonasi

  • logo-5

    "Ziyovuddin" paxta tozalash korxonasi

January 2016
M T W T F S S
« Dec    
  1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
Все о погоде - Pogoda.uz
Home

Samarqandpaxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 50-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi

replica rolex fake rolex

Matni eshitish uchun tugmani bosing! Sampaxta.uz