Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" MCHJ   Matni eshitish uchun tugmani bosing! Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" MCHJ by Darling1
А A
09:37:41 27.03.2016 Yakshanba

"Uzpaxtasanoat" uyushmasi

Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.

Batafsil
onlayn-qabul qabulga-yozilish main_right_3

Paxta tozalash korxonalarining texnologik sxemasi
ценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
...

Paxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi

YANGILIKLAR

Arhiv
DSC_0001

18:07 | 28 January 2016

Chelak monitoring markazi

       Respublika Hukumatining topshirig‘iga asosan  “Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatuvchi va hisob-kitob ishlarini muvofiqlashtiruvchi  monitoring markaz”  lari tashkil etish bo‘yicha 2016 yil 25- yanvar Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Chelak paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida   tashkil etilgan  monitoring markazida  Respublika seminar yig‘ilishi  o‘tkazildi.

     Seminar qatnashchilari  “Chelak paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida  Hukumat topshirig‘i asosida tashkil etilgan monitoring markazi ishi bilan yaqindan tanishdilar.

DSC_0130

DSC_0052

        Tashkil etilgan monitoring markazlarining asosiy vazifalari Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 19-yanvardagi 01-03-12-7-sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan Tartib asosida olib boriladi  va quydagilardan iborat:    

  1. Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish orqali shartnomaviy  majburiyatlarni bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatish.
  2. Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblarning yuritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish.
  3. Fermer xo‘jaliklari rahbarlarining huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda ko‘p tarmoqli  rivojlangan fermerlarni shakllantirish.

DSC_0135

    Monitoring markazlari faoliyatidan olinadigan iqtisodiy samara

  1. G‘o‘za navdalarining to‘g‘ri joylashtirilishi va to‘liq ekilishi ta’minlanadi.
  2. Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi nazoratga olinadi.
  3. Fermerlarga imtiyozli narxlarda yetkazib beriladigan yoqilg‘i-moylash, mineral o‘g‘itlarning talon-taroj qilinmasdan to‘g‘ri ishlatilishi ta’minlanadi.
  4. Yagona elektron dastur joriy qilinishi hisobiga mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ta’minlanadi.
  5. Fermer xo‘jaliklarida hisob kitob daftarlarining yuritilishi orqali, ularning daromadi va harajatlari nazoratga olinadi va belgilangan smetadan ortiqcha, asossiz harajatlarning oldi olinadi.
  6. Fermerlarning iqtisodiy samaradorligi oshadi va daromad olish uchun ishlashga zamin yaratiladi.
  7. Fermer xo‘jaliklariga  xuquqiy, iqtisodiy, agrotexnika bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar beradigan markaz tashkil etiladi.  

DSC_0084

 

Batafsil
baxtiyor_onalar

8:48 | 14 January 2016

ASKAR ONALARI SHARAFLANDI

      Samarqandning Registon maydonida Vatan himoyasiga bel bog‘lagan jasur va mard o‘g‘lonlarni voyaga yetkazgan muhtarama onalar va ularning Samarqanddagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askar o‘g‘illari diydorlashdilar.
– Azizbegim oilada bir o‘g‘il. Yigitlik burchini o‘tasin, irodasi toblansin, deya harbiy xizmatga kuzatgan edik, – deydi Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan kelgan Dilfuza Karomatova. – Harbiydagi o‘g‘lingiz bilan uchrashasiz, deb Samarqandga taklif qilishganda hayajondan ko‘zimga uyqu kelmadi. Qarangki, bu shahri azimga ikki kun oldin kelib, uchrashuvni kutayotgandim. Qo‘llarida guldasta tutib yonimga shoshilayotgan o‘g‘limni ko‘rib nihoyatda sevindim, tadbir tashkilotchilaridan cheksiz minnatdorman.
     Oddiy askar Azizbek Karomatov onasi bilan ko‘rishganidan sevinchini yashira olmasa-da, harbiylarga xos jiddiylik bilan taassurotlarini so‘zladi:
– Vatan himoyachisi, degan sharafli nomga loyiq bo‘lish har bir yigitning orzusi, ayni paytda muqaddas burchi hamdir. Shu sharafli burchimni o‘tash chog‘ida milliy armiyamiz mudofaa salohiyatini, Qurolli Kuchlarimizning qudratini his qildim. Bugungi uchrashuv men uchun ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
     Toshkent viloyati, Qo‘yliq tumanidan kelgan Dildora Tursunova o‘g‘li bilan telefon orqali tez-tez qo‘ng‘iroqlashib tursada bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir o‘zgacha kechayotganini yashirmadi:
– Bu uchrashuvdan o‘g‘lim Sanjarbekning xursandligini ko‘ring. Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklagani o‘zingiz keldingiz-a, deydi nuqul. Bolaligida “Qachon men ham armiyaga boraman?”, deb ko‘p so‘rardi. Yuzida qat’iyat va g‘urur bilan g‘oz turgan o‘g‘limga askarlik libosi yarashganini qarang. Ilohim yurtimiz tinch, onalar yuzida doim quvonch bo‘lsin.
Kelajakda ichki ishlar sohasida faoliyat olib borishni maqsad qilgan Sanjarbek Tursunov barcha taassurotlarini bir jumlada jamladi:
– O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!
   Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi a’zolari va musavvirlar askarlar va ularning onalari suratini chizib, sovg‘a qildilar.
Onalar askar farzandlari hamrohligida Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qilib, harbiylarni sharaflashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Manbaa: https://samarkand.uz

Batafsil
2ae3748d8a10076ca88de1baf5853a03

9:40 | 11 January 2016

“O‘G‘LIM – ENG SHARAFLI KASB EGASI”

   Samarqand shahrida “Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.Tadbir telemuloqot tarzida tashkil etilib, Farg‘onadan Samarqand viloyatiga kelib harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar hamda Farg‘onada yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning ota-onalari ishtirok etishdi.

     Muloqotda so‘z olganlar Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi, mamlakatimizda vatanimiz mudofaa qudratini yuksaltirish, harbiylarning xizmatni a’lo darajada ado etishlari uchun yaratilgan shart-sharoit, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida gapirdilar. Askarlar ota-onalari bilan suhbatlashishdi. Ota-onalar o‘z farzandlari bilan bevosita gaplashdilar, dil so‘zlari va tilaklarini izhor etdilar.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Rabbimova ishtirok etdi.

Manbaa: https://samarkand.uz/

Batafsil
Arhiv
  • 7
  • 08
  • 11
  • Изображение 002
  • DSC_0097----+
  • DSC_0234---
  • DSC_0270----
  • DSC_0154- копия
  • Kattaqo'rg'on paxta tozalash zavodi
  • SANYO DIGITAL CAMERA

Ishonch telefoni

doverie

F:0(366) 233-07-97 T:0(366) 233-30-76 [email protected]



Foydali havolalar

  • lenta_img

    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali

  • lenta_img

    Oliy majlis qonunchilik palatasi

  • logo-5

    "Uzpaxtasanoat" uyushmasi

  • logo-5

    "Juma" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Zirabuloq" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Kattaqo'rg'on" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Chelak" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Yangiqo'rgon" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Mitan" paxta tozalash korxonasi

  • logo-5

    "Ziyovuddin" paxta tozalash korxonasi

January 2016
M T W T F S S
« Dec    
  1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
Все о погоде - Pogoda.uz
Home

Samarqandpaxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 50-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi

replica rolex fake rolex

Matni eshitish uchun tugmani bosing! Sampaxta.uz