Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB   Matni eshitish uchun tugmani bosing! Welcome to "Samarqandpaxtasanoat" HAB by Darling1
А A
07:55:32 18.01.2016 Dushanba

"Uzpaxtasanoat" uyushmasi

Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.

Batafsil
onlayn-qabul qabulga-yozilish main_right_3

Paxta tozalash korxonalarining texnologik sxemasi
ценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
...

Paxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi

YANGILIKLAR

Arhiv
1 (2)

11:24 | 25 December 2015

Yangi yilingiz muborak bo’lsin!!!

    Samarqandpaxtasanoat» birlashmasida yangi 2016 yilni kutib olish bayrami tadbirlarini ko’tarinki ruxda o’tkazishga qizgin tayyorgarlik ko’rilmoqda. Birlashma binosi xududida Yangi yil archasi urnatildi. Birlashma bino va xududi bayramona ruxda bezatildi. 

1 (1)

     Birlashma tizimida uzoq muddat faoliyat ko’rsatib kelgan faxriylarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida birlashma tomonidan bayram sovg’asi topshirilishi rejalashtirilgan.

Tizimda faoliyat kursatib kelayetgan ishchi xodimlarning farzandlarini X. Olimjon nomli drama teatrida saxnalashtirilgan tomoshalarga qatnashishlari tashkillashtirildi.

Birlashma ma’muriyati barchani kirib kelayetgan Yangi yil bilan qizgin muborakbod etadi.

Batafsil
545A4777

16:10 | 15 December 2015

Kattaqo’rg’on qishloq xo‘jaligi shtabi

Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatuvchi va hisob-kitob ishlarini muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etish

Shtabning asosiy vazifalari:

*Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish orqali shartnomaviy  majburiyatlarni bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatish.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida хisob-kitoblarning yuritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish.

*Fermer xo‘jaliklari rahbarlarining huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda ko‘p tarmoqli  rivojlangan fermerlarni shakllantirish.

Tuman shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

1

Tuman shtabi tarkibi

2

Tuman shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

3

Tuman shtabining vazifalari

*Yerning strukturasi, ball banitetini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish rejasini  ishlab chiqadi va taklif tayyorlaydi.

*Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi korxonalar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil qiladi.

*O‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar doirasida fermer xo‘jaliklari yer maydoni hajmidan kelib chiqib harajatlar smetasini ishlab chiqadi.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblar yuritishning yagona elektron dasturini joriy qilib, kunlik ma’lumotlarni kiritib boradi.

*Texnikasi bo‘lmagan fermerlar xo‘jaliklariga MMTP texnikalarini  biriktirish jadvalini ishlab chiqib, bajarilishini tashkil qiladi.

*Fermer xo‘jaliklarining agrotexnik tadbirlar (yer shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, ozuqlantirish, kultivatsiya qilish, sug‘orish, biologik ishlov berish va boshqa tadbirlar)ni o‘tkazish uchun talab etiladigan mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kunlik monitoring yuritadi.

*Mingboshilar va sug‘urta agentlarining javobgarligini oshirish hisobiga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishini qat’iy nazorat qilib boradi.

*Fermer xo‘jaliklari tomonidan daromad va harajatlar hisob-kitobi daftarini yuritilishini tashkil qiladi va har oy yakuni bilan taxlil qilib boradi.

*Monitoring guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni ma’sul xodimlarni biriktirib zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

*Avans mablag‘larining qoplanishini ta’minlash maqsadida ekin holatidan kelib chiqib, fermerlarga tijorat banklari orqali ajratiladigan avans mablag‘larini, monitoring guruhi (mingboshilar, sug‘urta agenti va boshqa tegishli mutaxassislar) xulosasiga asosan ajratilishini qat’iy nazoratga oladi.

*Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta mahsulotlarini tannarxini kamaytirish va fermer xo‘jaliklar daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlaydi. Qoloq fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqib va bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatadi.

*Fermerlarga huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahat berib boradi va o‘quv seminarlari tashkil qiladi.

*Fermer xo‘jaliklarining yil yakuni bilan moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq taxlil qilib har bir fermer bo‘yicha xulosa va takliflarni tayyorlab Viloyat shtabiga kiritadi.

Hisob kitob guruhining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

4

Hisob -kitob guruhi vazifalari

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi korxonalar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil qiladi.

*Ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan agrotexnik tadbirlar uchun texnologik kartaga asosan talab etiladigan mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qiladi.

*Fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblarni elektron tizim orqali yuritadi hamda debitor-kreditor qarzdorliklarning kunlik monitoringini olib boradi.

*Fermer xo‘jaliklari tomonidan daromad va harajatlar hisob-kitobi daftarini yuritilishini tashkil qiladi va har oy yakuni bilan taxlil qilib boradi.

*Avans mablag‘larining qoplanishini ta’minlash maqsadida ekin holatidan kelib chiqib, fermerlarga tijorat banklari orqali ajratiladigan avans mablag‘larini, monitoring guruhi (mingboshilar, sug‘urta agenti va boshqa tegishli mutaxassislar) xulosasiga asosan ajratilishini nazoratga oladi.

*Amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fermerlar kesimida monitoring hamda  xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga taqdim qiladi.

*Monitoring kuzatuv guruhining vazifalari

Monitoring kuzatuv guruhining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

5

Monitoring kuzatuv guruhining vazifalari

*Paxta va g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar  o‘tkazilishi bo‘yicha mingboshilar, bank, agrosug‘urta, tayyorlovchi korxonalar vakillari bilan birgalik kunlik monitoring yuritadi.

*Monitoring natijasi bo‘yicha mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, urug‘lik,  biomahsulot va texnika xizmati to‘g‘risida talabnomalarni xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga taqdim qiladi.

*Agrotexnik tadbirlar kechikgan, fermer xo‘jaliklarini alohida nazoratga olib, monitoring yuritadi.

*Fermer xo‘jaliklariga agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar beradi.

*O‘tkazilgan mablag‘lar va yetkazib berilgan mahsulotlarning maqsadli foylanishini  nazorat qiladi, aniqlangan ma’lumotlarni fermerlar kesimida hisob-kitob guruhi hamda xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhiga beradi.

Hizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhing faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

6

Xizmat ko‘rsatish va ta’minot guruhining vazifalari

*Mavsumda talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, biomahsulotlarni fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini ta’minlaydi;

*Texnika bo‘lmagan fermer xo‘jaliklariga tuman MTP texniklarini biriktirib, belgilangan muddatlarda xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi.

*Texnologik kartaga muvofiq mahsulotlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi;

*belgilangan hosilni yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni har bir fermer xo‘jaligi bo‘yicha taxlil qilib boradi;

*Agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, yetkazib berilgan mahsulotlardan noto‘g‘ri foydalangan  fermer xo‘jaliklarini aniqlab, Shtabga axborot beradi;

*Etkazib berilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fermerlar kesimida monitoring va hisob-kitob guruhiga   beradi.

Viloyat shtabi tarkibi

7

Viloyat shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

8

Viloyat shtabining vazifalari

*Tuman shtablarining ishini muvofiqlashtiradi.

*Tuman shtablarida belgilangan vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va ularga viloyat shtabiga tegishli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatadi.

*Tuman shtablarining ma’lumotlarini umumlashtirib, tahlil qilib boradi.

*Taxlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘radi.

*Tumanlar kesimida umumlashtirilgan monitoring natijalari hamda Respublika miqyosida hal etiladigan masalalari bo‘yicha Respublika shtabiga axborot berib boradi.

Respublika shtabi tarkibi

9

Respublika shtabining faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi

10

Respublika shtabining vazifalari

*Viloyat va tuman shtablarining ishlarini muvofiqlashtiradi.

*Fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qiladi.

*Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, hisob kitoblarning yuritilish bo‘yicha monitoring olib boradi va berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tanlov asosida o‘rganib chiqadi.

*Viloyat va tuman shtablarini me’riy hujjatlar, qo‘llanmalar bilan ta’minlaydi va ularga huquqiy, iqtisodiy, agrotexnika masalalarida tegishli maslahat va tavsiyalar berib boradi.

*O‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklar va yechimini topmagan muommolarni Respublika tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘radi. 

*Viloyat shtablaridan olingan ma’lumotlar va takliflarni tahlil qilib, Respublika hukumatiga hisobot berib boradi.

Shtablarning o‘zaro bog‘lanish sxemasi

11

Shtablar faoliyatidan olinadigan iqtisodiy samara

*G‘o‘za navlarining to‘g‘ri joylashtirilishi va to‘liq ekilishi ta’minlanadi.

*Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi nazoratga olinadi.

*Fermerlarga imtiyozli narxlarda  yetkazib beriladigan  yoqilg‘i-moylash, mineral o‘g‘itlarning talon-taroj qilinmasdan to‘g‘ri ishlatilishi ta’minlanadi.

*Yagona elektron dastur joriy qilinishi hisobiga mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ta’minlanadi.

*Fermer xo‘jaliklarida hisob-kitob daftarlarining yuritilishi orqali, ularning daromad va harajatlari nazoratga olinadi va belgilangan smetadan ortiqcha, asossiz harajatlarning oldi olinadi.

*Fermerlarning iqtisodiy samaradorligi oshadi va daromad olish uchun ishlashga zamin yaratiladi.

*Fermer xo‘jaliklariga huquqiy, iqtisodiy, agrotexnika bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar beradigan markaz tashkil etiladi.

Shtab faoliyati va elektron dastur joriy etilishi hisobiga fermer xo‘jaliklaida iqtisodiy samaradorika erishish

12

Taklif etilayotgan moliyalashtirish tartibi

1-bosqich: Fermer xo‘jaliklarini avanslash.

14

2-bosqich: Fermer xo‘jaliklariga paxta qiymatiga to‘lovlarni amalga oshirish.

15

1. Jamg‘arma paxta xomashyosini harid qilish uchun kredit ajratadi.
2. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali olingan kredit mablag‘larini paxta tozalash korxonalariga o‘tkazib beradi.
3. Paxta tozalash korxonalari fermer xo‘jaliklari topshirgan paxta miqdoriga PK-17 qabul varaqalariga asosan kunlik  to‘liq hisob-kitob qiladi.
4. Fermer xo‘jaligi ATB “Agrobank”dan olingan avans mablag‘larini to‘liq qaytaradi. 
5. Mablag‘larning qolgan qismini  fermer xo‘jaligi tegishli majburiy to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydi.

Batafsil
images

11:19 | 10 December 2015

Kichik biznesga yaqin ko‘makdosh

Mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilayotgan yutuqlarda moliya muassasalarining salmoqli hissasi bor. “Moody’s” xalqaro reyting agentligi joriy yilda ham O‘zbekiston bank tizimi rivojlanishini “Barqaror” darajada baholagani buning yaqqol dalilidir.

      Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizning tayanchi. Zero, bugun iste’mol bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi xususiy sektorda ishlab chiqarilayotir. Soha istiqbolini sarmoyalarsiz tasavvur etish qiyin. Yurtimizdagi moliya muassasalari bu borada ishbilarmonlarning ishonchli hamkori va yaqin ko‘makchisiga aylanmoqda.

“Ipoteka-bank”da ham ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar soni ortmoqda. Raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar mahalliy ishbilarmonlar va xorijiy hamkorlar e’tiborini tortmoqda.

Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning o‘tgan davrida bank kapitali 342 milliard so‘mdan, iqtisodiyotining turli sohalariga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari 3 trillion so‘mdan oshdi.

Prezidentimizning 2009-yil 28-iyuldagi “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘layotir. Shu maqsadda qariyb 2 trillion so‘m miqdorida sarmoyalar ajratildi.

Bank resurs bazasining kengayishi mijozlarni kreditlashni faollashtirish imkonini berayotir. Xususan, joriy yilda tadbirkorlik subyektlariga 722,2 milliard so‘m, xotin-qizlarni biznesga jalb etish uchun 82,7 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi. Bu mablag‘lar evaziga ishlab chiqarish, servis hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish, viloyat, shahar va qishloqlar iqtisodiyoti hamda infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.

– Bankda mijozlarga sifatli va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Buxoro viloyatidagi “Kamalak shabnam teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilshod Bobojonov. – O‘tgan yili bankdan 400 million so‘m sarmoya olib, gazlama ishlab chiqarish uskunalari va xomashyo xarid qildik. Hozir raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarmoqdamiz. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Aholining real daromadlari o‘sishi bilan ularning zamonaviy xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Barcha hududlarda bunyodkorlik ishlari hajmi yil sayin ortishi, tadbirkorlik subyektlari zimmasiga ana shu yo‘nalishlarda yangi-yangi biznes loyihalarni ishlab chiqish talabini qo‘ymoqda. Bu borada ajratilayotgan boshlang‘ich sarmoyalar tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan davrda bu maqsadlar uchun “Ipoteka-bank”dan qariyb 110,5 milliard so‘mlik mikrokreditlar yo‘naltirildi. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandlikni rivojlantirish uchun 7,1 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar ajratildi.

– Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, boshlang‘ich sarmoyani shakllantirish maqsadida “Ipoteka-bank”ning Tinchlik filialidan 18 oy muddatga 12 million so‘m kredit oldim, – deydi xorazmlik tadbirkor M.Matkarimov. – Ushbu mablag‘ga qandolat tayyorlashda kerak bo‘ladigan yarim tayyor mahsulotlar xarid qildik. Ayni paytda bir necha turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlab, savdo rastalariga yetkazib beryapmiz.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularni tadbirkorlikka jalb qilishda ham “Ipoteka-bank” faol ishtirok etayotir. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida ana shunday yigit-qizlarga qariyb 16,7 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mamlakatimizda puxta o‘ylangan iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi tufayli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi yil sayin ortmoqda. Joriy yilda mazkur moliya muassasasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan biznes loyihalar uchun qariyb 105,4 milliard so‘mlik kredit ajratildi.

Bularning bari tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga doir loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

Manbaa: http://uza.uz/uz

Batafsil

10:21 | 3 December 2015

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Prezidentimizning 2012-yil 10-maydagi «2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi va 2013-yil 17-apreldagi «2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

        2011-yilda yalpi ichki mahsulotda sohaning ulushi 50,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 54,5 foizga yetdi. Ish bilan band bo‘lgan aholining 50 foizdan ortig‘i ushbu sohada faoliyat ko‘rsatmoqda. 
      80 mingdan ziyod kichik biznes subyekti aloqa, axborotlashtirish, moliya, sog‘liqni saqlash, transport, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatmoqda. 2200 kichik korxona xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlardan foydalanmoqda. 
    2012-2015-yillarda xizmat ko‘rsatish korxonalariga 4 trillion 167 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratilgan. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq 51,9 mingta loyiha amalga oshirilgan. Qishloq joylarda hamda namunaviy loyihalar asosida qurilgan aholi massivlarida xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2013-2015-yillar mobaynida qariyb 22 mingta loyiha ishga tushirilgan. Kasb-hunar kollejlarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasi bo‘yicha o‘quv yo‘nalishlarida minglab yigit-qizlar tahsil olmoqda. Jumladan, mehmonxona ishi, komputerda dasturlash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari qishloq joylarida sohani rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
     Xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot-kommunikatsiya xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini yaratmoqda. Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Manbaa: http://uza.uz

Batafsil
musiqa_va_sanat_maktabi

10:45 | 1 December 2015

Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan “Debyut Premium-2015” xalqaro ko‘rik-tanlovi

Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan “Debyut Premium-2015” xalqaro ko‘rik-tanlovida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchi-yoshlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda 5 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar xoreografiya va vokal yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar. Olti davlatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq yosh iste’dodlar orasida samarqandlik yoshlarning chiqishlari e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlovda Samarqand shahridagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Qanoatova xalq raqsi yo‘nalishi bo‘yicha Gran-priga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanidagi 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining “Nozanin” raqs jamoasi hamda tumandagi 34-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Munisa Qurbonnazarova tanlovda birinchi o‘rinni egallashdi. 

Manbaa: https://samarkand.uz/news/xushxabar

Batafsil
Arhiv
  • DSC_0270----
  • DSC_0154- копия
  • Kattaqo'rg'on paxta tozalash zavodi
  • SANYO DIGITAL CAMERA
  • 2
  • SANYO DIGITAL CAMERA
  • Rishton PTK1
  • ekish
  • Uzbekiston PTK
  • Punkt1

Ishonch telefoni

doverie

F:0(366) 233-07-97 T:0(366) 233-30-76 [email protected]



Foydali havolalar

  • lenta_img

    O’zbekiston Respublikasi hukumat portali

  • lenta_img

    Oliy majlis qonunchilik palatasi

  • logo-5

    "Uzpaxtasanoat" uyushmasi

  • logo-5

    "Juma" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Zirabuloq" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Kattaqo'rg'on" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Chelak" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Yangiqo'rgon" paxta tozalash korhonasi

  • logo-5

    "Mitan" paxta tozalash korxonasi

  • logo-5

    "Ziyovuddin" paxta tozalash korxonasi

December 2015
M T W T F S S
« Nov   Jan »
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31  
Все о погоде - Pogoda.uz
Home

Samarqandpaxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 50-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi

replica rolex fake rolex

Matni eshitish uchun tugmani bosing! Sampaxta.uz